Din ishlari qo‘mitasi toshkentlik tadbirkor ishchi va mijozlar uchun namozxona tashkil etgani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, fuqarolar birgalikda ibodat qilishlari uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida GTA Showroom kompaniyasi rahbari korxona binosida ishchi va mijozlarga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergani uchun 21,6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov sudya MJTKning 201-moddasini noto‘g‘ri qo‘llaganini, namoz o‘qish «diniy marosim emas, balki e’tiqodning o‘zagi, erkinligi kafolatlangan huquq» ekanini ta’kidladi.
Kun.uz 22-iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nashr mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting